TA'LIM MUASSASALARIDA XABAR BERISH USULLARI
Hozirgi kunda barcha ta'lim muassasalari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalari bilan jihozlangan bo‘lib, ushbu texnika vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida baxtsiz hodisalar yuzaga kelishi va buning oqibatida o‘qituvchi hamda o‘quvchilar jarohat olishi, o‘lim bilan bog‘liq holatlar qayd etilishi ehtimoldan xoli emas.
Barcha ta'lim muassasalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta'minlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Respublika miqiyosida ta'lim muassasalarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha maqsadli ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, shuningdek, har yili Xalq ta'limi vazirligi, viloyat boshqarmalari hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamkorligida ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorligini ta'minlash borasida hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari va profilaktik suhbat hamda tushintirish ishlarini amalga oshirishga e'tibor qaratib kelinmoqda.
Ta'lim muassasalarini avtomatik yong‘in tizimlari bilan jihozlash muhim hisoblanadi, chunki bir daqiqa ichida yong‘in to‘g‘risidagi signalni yagona navbatchi-dispetcherlik xizmatiga uzatish imkoniyatiga ega bo‘linadi hamda uzatilgan signaldan so‘ng avtomatik ravishda axborot hududiga yaqin joydagi favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in xavfsizligi qismlariga xabar beriladi.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, odamning o‘zini boshqara olish imkoni pasayadi hamda va vahimaga tushadi. Bunday vaqtda inson to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun ko‘p vaqt yo‘qotishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, ta'lim mussasalarida xabar berish usullaridan maqsadli va unumli foydalanish lozim hisoblanadi.
Ibroximxo‘ja RAXMATXO‘JAYEV,
Tashkent shahar FVB Turkiston YXTTEB mutaxassisi, oddiy askar