“Xiyobon oqshomlari” – nazm va navo kechasi

2022-yilning 16-aprel kuni Adiblar xiyobonida “Xiyobon oqshomlari” sheʼriyat kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda bir guruh yosh ijodkorlar qatnashib, oʻz sheʼrlaridan oʻqib berishdi. Mehmon sanʼatkor – Oʻzbekiston xalq artisti Mahmud Namozov esa shoirlar sheʼrlari asosida yaratilgan qoʻshiqlaridan kuyladi. Bir oʻz bilan aytganda, sheʼriyat oqshomi nazm va navo kechasiga aylanib ketdi.
“Xiyobon oqshomlari” sheʼriyat kechasi mamlakatimiz yoshlari qalbida adabiyot va ijodga boʻlgan munosabatni rivojlantirish, yangi ijodkorlarni kashf qilish va qoʻllab-quvvatlash, kitobxonlikni targʻib qilish, faoliyat yuritayotgan toʻgaraklar samaradorligini yanada oshirish, ijodkorlarni bir joyga jamlash maqsadida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yosh ijodkorlar bilan ishlash boʻlimi tashabbusi bilan 2021-yil avvalidan boshlab, poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da oʻtkazilyapti. Haftaning shanba kunlari ochiq osmon ostida, daraxtlar soyasi, ustoz ijokorlarning haykallari qoshida boʻlib oʻtayotgan “Xiyobon oqshomlari”da yosh shoirlar navbatma-navbat oʻz ijodidan, ustoz yo tengdosh shoirlar sheʼrlaridan aytadi. Galni esa boshqa tengdosh ijodkorga uzatadi. Shu tariqa sheʼriyat kechasi davom etadi.
“Xiyobon oqshomlari”ning har bir sonida ustoz adiblar, adabiyotshunoslar, noshirlar, nashriyot jamoalari, taniqli qoʻshiqchilar mehmon boʻladi.