YONGʻINDAN SAQLANING!
Shahar hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va is gazidan zaharlanishlar va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida aholi xonadonlari, korxona va tashkilotlarda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Shunga qaramasdan fuqarolarning loqaydligi va e’tiborsizligi sabab yong‘inlar hamon uchrab turibdi.
Bunda xonadoningizda va ish o‘rningizda nostandart elektr va gaz uskunalaridan foydalanmaslik, ish vaqti tugagandan keyin elektr uskunalarini elektr manbaidan uzib ketish, gazdan xonadonlarni isitish maqsadida foydalanmaslik, yosh bolalarni uyda qarovsiz qoldirmaslik, xonadondagi isitish pechining mo‘rikonlarini tozalash yong‘inlarning oldini olishda muhim qoidalar sanaladi. Hurmatli hamyurtlar, korxonami, uy sharoiti, mehnat tashkilotidami, mahalla ko‘ymi, qayerda bo‘lsak ham o‘zimizni, mol-mulkimizni, yaqinlarimizni yong‘in xavfsizligidan asraylik. Zero, birgina befarqlik, bee’tiborlik jamiyatni katta talafotlarga olib keladi. O‘z uyimizni o‘zimiz asraylik. Shunda, albatta, jamiyatimiz, vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz!.
Shoira TORAXANOVA,
Turkiston YOXTTEB mutaxassisi, oddiy askar