YONG‘INLAR SABABI
Yong‘in xavfsizligi xizmat xodimlari tomonidan joylarda, a h oli o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qonun qoidalarini tushuntirish va ularga rioya qilish buyicha uchrashuvlar tashkillashtirilayapti. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali ham targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan maqsad aholi o‘rtasida yong‘inga qarshi kurashni kuchaytirish. Yonginlarni oldini olishga a h olini jalb qilishdan iborat. Tilsiz yov bilan kurashish faqatgina yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarini ishi emas. Bu har bir fuqaroning burchidir. “O‘z uyiningni o‘zing asra” shiori har bir fuqaro, oila, korxona, muassasa uchun taalluqlidir. Qoidalarga rioya qilinsa uyimiz, mol-mulkimiz, qolaversa, yaqin kishilarimizning hayotini asrab qolgan bo‘ladimiz. Hech kimga sir emaski, kunlar sovushi har bir insonni xonadonlarni isitishiga undaydi. Ko‘plab fuqarolarimiz shu niyatda qo‘lbola gaz va elektr isitish uskunalaridan foydalanib natijada nafaqat uylaridan balki o‘z hayotlaridan ham ajralib qolmoqdalar.
Agarda biz oddiy yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilsak, uyimizda yonayotgan olov bizga faqat do‘st sifatida xizmat qiladi.
Yong‘inlar sababi ko‘pdir. Nazoratsiz qoldirilgan dazmol, gaz piltasi ta’mirlanmagan nosoz telivizor va kishilarning ma’suliyatsizligi oqibatida kelib chiqadigan boshqa omillar katta musibatlarga olib keladi.
T.XOJIMURODOV , Turkiston YXTTEB boshligi , mayor
R.ABDUGANIYEV , Oliy Majlis Senatiga q arashli binolarida YXTTEB inspektor i, kapitan