YONG‘INLARNING ATROF-MUHITGA TA'SIRI
Dunyoning barcha davlatlarida bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham atrof-muhitni muhofaza qilish dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan.
Uzoq vaqt mobaynida odamlar tomonidan biosferaga keltirilgan o‘zgarishlar juda sekin va sezilarli darajada bo‘lmagan.XIX asrning oxiriga kelib esa bu o‘zgarishlar o‘zini sifat jihatidan namoyon qila boshladi. XX asrning birinchi yarimida atrof-muhitda o‘zgarishlar jadallashib, turli salbiy holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Hozirgi kunda hayotimizning barcha sohalarida polimer, plastmassa materiallar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda va ulardan tayyorlangan qurilish materiallari, tibbiyot jihozlari, idish-tovoqlar va boshqalar keng qo‘llanilmoqda. Bunday materiallarning ishlatilishi yong‘in xavfini orttirib yuborishi mumkin. Texnologik jarayonlarning buzilishi, odamlarning beparvoligi natijasida yong‘inlar sodir bo‘lmoqda.
Yong‘inlarda asosan zarar keltirib chiqaruvchi xavfli omillar ko‘p miqdorda ajralib chiqadigan issiqlik va tutundir. Tutun atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbadir. Yong‘inlarda yog‘ochlar, matolar, benzin, kerosin, mazut, polimer, plastmassa kabi materiallar juda yaxshi yonadi.
Yong‘inlarda hosil bo‘ladigan tutunlar quyidagi sabablarga ko‘ra xavf tug‘diradi:
- yuqori haroratga ega ekanligi;
- yonish va issiqlikdan oksidlanishdagi parchalanish mahsulotlari tarkibiga kiruvchi ba'zi moddalarning (HCN, CO, HCI va h.k.) zararligi;
- tutunning shaffof emasligi.
Bularning barchasi ko‘rishni pasaytiradi va yong‘in paytida odamlarning harakatini qiyinlashtiradi.
Shoira TORAXANOVA,
Toshkent shahar FVB Turkiston san'at saroyi YoXTTEB mutaxassisi, oddiy askar.
Azizbek ABDURAHMONOV,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga qarashli binolarda YoXTTeB
mutaxassisi, katta serjant.