Yuksak ma’naviyatli, e’tiqodli insonni tarbiya qilishga xizmat qilivchi asar
Yuksak ma’naviyatli, e’tiqodli insonni
tarbiya
qilishga xizmat qilivchi asar
Odatda, badiiy janr mahsulotlarini asar sifatida e’tirof etishga o‘rganib qolganmiz. Aslida insonni tarbiyalashga qaratilgan, uning ongi va shuuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, unda yuksak ma’naviy-axloqiy ideallarni tarkib toptira oladigan har qanday risolani, shu jumladan, o‘quv-metodik adabiyotlarni ham asar deb atash mumkin. Yaqindagina nashr etilgan R.Jo‘rayev va M.Inoyatovaning “Tarbiya va ma’naviyat: tarix, tadrij, istiqbol” nomli risolasini ham nafaqat o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar uchun zarur risola, balki ta’lim-tarbiya ishiga muayyan hissa qo‘sha oladigan asar desa bo‘ladi.
Mazkur kitobda etnopedagogika va qadimgi yozma yodgorliklarda aks etgan ma ’ naviy - axloqiy g ‘ oyalardan tortib buyuk ajdodlarimizning vatanparvarlik faoliyati ham izchil yoritilgan . Unda diniy - ma ’ rifiy bilimlarda aks etgan ma ’ naviy - axloqiy tarbiya masalalari , qardosh xalqlar adabiyotida o ‘ z ifodasini topgan ma ’ naviy - axloqiy g ‘ oyalarga oid yetakchi tendensiyalar , Yevropa ma ’ rifatparvarlari tomonidan ilgari surilgan umuminsoniy tarbiyaga oid inqilobiy g ‘ oyalar , jadid ma ’ rifatparvarlarining ma ’ naviy - axloqiy qarashlari hamda sho ‘ ro davrida o ‘ zbek ziyolilari tomonidan ardoqlangan ma ’ naviy - axloqiy g ‘ oyalar va nihoyat , mustaqil O ‘ zbekistonda ma ’ naviy - axloqiy g ‘ oyalarning rivojlanishi va yangicha talqinda ifodalanishiga oid yoshlarni o ‘ ziga jalb etadigan qiziqarli ma ’ lumotlar , yondashuvlar va dalillar o ‘ z aksini topgan .
Qo ‘ llanma umumiy o ‘ rta ta ’ lim maktablarining yuqori sinflari hamda kollej va litsey o ‘ quvchilariga , ta ’ lim - tarbiya va ma ’ naviyat masalalari bilan qiziquvchi keng kitobxonlarga mo ‘ ljallangan . Undan ta ’ lim jarayonida “ Tarbiya ” darslariga qo ‘ shimcha metodik qo ‘ llanma sifatida foydalanish mumkin .
Ushbu risola amaliy xarakterga ega bo ‘ lib , unda har bir bob bo ‘ yicha ta ’ lim oluvchilarga mo ‘ ljallab savol - topshiriqlar , insho mavzulari , ularni o ‘ rganishda foydalaniladigan adabiyotlar taqdim etilgan .
Qo ‘ llanmada Prezidentimizning ta ’ lim - tarbiyaga oid fikrlari , ta ’ limga oid me ’ yoriy hujjatlar , zamonaviy ilg ‘ or pedagogik qarashlar , zamondosh pedagoglarning ma ’ naviyat tarbiyasiga oid ilmiy - tahliliy ishlari atroflicha yoritilgan .
Tariximizda vatanparvarligi , yovga qarshi olib borgan qahramonona kurashi bilan yoshlarga ibrat bo ‘ la olgulik ko ‘ plab siymolar yashab o ‘ tgan . Shuni nazarda tutgan holda , mualliflar Spitamen , Temur Malik , Jaloliddin Manguberdi , Najmiddin Kubro , Bobur , Abdurauf Fitrat kabi Vatan fidoyilarining olovli kurash yo ‘ llari , hayot va ijodi timsolida Vatan tuyg ‘ usining qanchalik sharafli tuyg ‘ u ekanini yoritishga harakat qilishadi .
O ‘ quvchi ta ’ lim jarayonida vatanparvarlik , insonparvarlik , do ‘ stlik , qonqarindoshlik tuyg ‘ ularining umuminsoniy ahamiyatini anglashi uchun jahon tarixida o ‘ z o ‘ rniga ega bo ‘ lgan Konfutsiy , Arastu , Aflotun , Suqrot kabi allomalarning ma ’ naviy - axloqiy qarashlari haqida teran bilimlarga ega bo ‘ lishi zarur . Mazkur kitobda ularning hayoti va ijodi haqida o ‘ quvchilar uchun qiziqarli ma ’ lumotlar , ma ’ naviy - axloqiy qarashlarini aks ettiruvchi aforizmlari taqdim etilgan . Shuningdek, risolada Sharq allomalarining ma’naviy-axloqiy qarashlari ham atroflicha yoritilgan. Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Ibn Sino, Forobiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Muslihiddin Sa’diy Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Davoniy kabi buyuklarning odob-axloqqa oid qarashlari chuqur tahlil etiladi. Zayniddin Vosifiyning “Ajoyib voqealar” kitobidan Mirzo Ulug‘bek, Xondamirning “Makorim ul-axloq” kitobidan Alisher Navoiy haqidagi hikoyatlar keltiriladi.
O‘rta va yuqori ta’lim bosqichlarida bilim olayotgan yoshlarga, umuman, jajji o‘g‘il-qizlarimizga ham ibratli qahramonlar timsolini yoritib beruvchi, ularda vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini rivojlantiruvchi bunday kitoblar juda zarur. Ayniqsa, o‘smirlikda inson kimlardandir o‘rnak olishga intiladi, ideal qahramonlar uning hayotida yo‘lchi yulduz vazifasini bajaradi. Bunday qo‘llanmalarning o‘quvchi shaxsiga qarata dialogik uslubda yozilishi yanada zarurroq. Chunki shunday uslubda yozilgan kitoblargina o‘quvchi ma’naviy olamidan o‘z o‘rnini egallaydi.
Xolboy IBROHIMOV,
pedagogika fanlari doktori,
professor