Zakovat tadbiri
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
15 / 12 / 2022
Zakovat
Kuni kecha Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi Uslubiy boʻlimi boshlig'i L. Sattarova tomonidan XTB tasarrufidagi umumta'lim maktab kutubxonachilari uchun "O‘quvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish" mavzusida oʻquv- seminari oʻtkazildi.
Seminarda mavzuga oid ma’lumot slayd-taqdimot ko‘rinishida tushuntirib berildi.
Seminar yakunida kutubxonachilarning bilimlarini sinovdan o'tkazish maqsadida, kutubxonachilar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.O'tkazilgan intellektual o'yinida "Bilimdonlar" jamoasi "Zukkolar" jamoasi ustidan g'alaba qozondi.
Axborot hizmati
Sirdaryo viloyati bolalar kutubxonasi