Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
3 / 08 / 2023
Ko‘p qadimda bir madrasada,
Dars berardi dono muallim.
Ahli toliblarning safida,
Shahzoda ham olardi ta’lim.
Aslzoda ahyon-ahyonda,
Shumlik qilib qolardi nogoh.
Ustoz “Jim bo‘l!” – degan ul onda:
Do‘q urardi: “Otam – podshoh!”.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
22 / 06 / 2023
Dunyoning barcha davlatlarida bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham atrof-muhitni muhofaza qilish dolzarb masalalardan biribo‘lib kelgan.
Uzoq vaqt mobaynida odamlar tomonidan biosferaga keltirilgan o‘zgarishlar juda sekin va sezilarli darajada bo‘lmagan.XIX asrning oxiriga kelib esa bu o‘zgarishlar o‘zini sifat jihatidan namoyon qila boshladi. XX asrning birinchi yarimida atrof muhitda o‘zgarishlar jadallashib, turli salbiy holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
20 / 06 / 2023
XXI asrga kelib odamlar hayotida kitob qanchalik muhim ekanligini va qanday mavzularga odamlar qiziqishini bilish maqsadida "Chorsu" bozoridagi kutubxonalarda bo‘ldik va kitob sotuvchilari bilan suhbatlashdik.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
20 / 06 / 2023
Malumki, xalq xo‘jaligi rivojida gaz yoqilg‘isi muxim va asosiy o‘rinda turuvchi nematdir. Shu bois mazkur nematdan xavfsizlik qoidalari asosida foydalanishga etiborni kuchaytirish har bir kishidan talab etiladi.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
19 / 06 / 2023
Aholi turar joylarini yong‘indan muhofaza etishda o'tgan davr mobaynida bir qadar ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Bunda fuqorolarning faol ishtiroki muhim ro'l o‘ynadi.
Yong‘inni oldini olish maqsadlarida aholi turar joylari, mahallalar va korxonalar ishchi xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va suhbatlarda kishilarga nosoz elektr uskunalaridan foydalanish oqibatlari haqida tushunchalar berib borildi.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
14 / 06 / 2023
Qanday qilib biz har kuni arzimagan pulga sotib oladigan, bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga borishimiz uchun xizmat qiladigan oddiy qog‘oz parchasini vazifasini o‘tab bo‘lgandan so‘ng ham insonlar uchun qimmatli buyumga aylantirishimiz mumkin?
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
14 / 06 / 2023
Inson o‘z umrining me’mori, deya bejiz aytishmagan. Agar biz o‘zimizga tuhfa etilgan lahzalarni qadrlab, ilm-ma’rifat sari intilsak, hamisha ezgulik va adolat uchun kurashga shay bo‘lsak, hayot deb atalmish dovonda mustahkam va muhtasham umr qasrini bunyod etgan bo‘lamiz. Falsafa fanlari doktori, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori Ismoil Saifnazarov ham umri davomida ana shu aqidaga amal qilib, mamlakatimiz mustaqilligining ilk yillaridanoq davlatchiligimizning qaror topishida sidqidildan, halol va vijdonli mehnat qilib qator mas’ul lavozimlarda ishlab, O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan...
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
6 / 06 / 2023
Ulkan tarixni oʻrganish maqsadida kuni kecha Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya unversiteti sirtqi boʻlim boshlig‘i Nuriddin Jabiyev domla bilan barcha sirtqi taʼlim shakli talabalari ishtirokida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga ham ziyorat, ham sayohat uyushtirildi.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
5 / 06 / 2023
So‘nggi yillarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama ma’naviy yuksak barkamol avlod qilib tarbiyalash borasida davlatimiz rahbari tomonidan e’tiborga molik islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi Farmoniga muvofiq, 30 iyun – Yoshlar kuni deb e’lon qilinishi ham o‘sib kelayotgan yosh avlodni rag‘batlantirish, har bir yoshning yuragida vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini jo etish asosiy vazifalardan biridir.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
2 / 06 / 2023
– Assalomu alaykum oyijon.
– Vaalaykum assalom, og‘lim, yaxshi yuribsanmi, anchadan beri kelmay ham qo‘yding, nevaram yaxshi yuribdimi?
– Ha, yaxshiman, vaqtim qayda deysiz, kun bo‘yi ishdaman, nevarangiz ham yaxshi, yaqinda bog‘chaga qo‘ymoqchimiz.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
1 / 06 / 2023
Olloh taolo insonni yaratgan paytda unga jon bilan birga turli xil ne’matlarni ham tuhfa etadi. Kimlargadir iste’dod, kimlargadir bilim, kimgadir xush ovoz, yana kimlargadir boylik. Shunday insonlar borki, Olloh taolo ularni ikki hissa mukofotlagan. Birinchisi, jon ato etilgandagi iste’dod, ikkinchisi esa ruhiga berilgan taskin va sakiynat. Shu ikkala xususiyatni mujassam qilib “dard” bilan ham siylab qo‘ygan. Shu o‘rinda, dard ham ne’matmi, degan savol paydo bo‘lishi, tabiiy. Aslida, dard ham bir ne’mat, tilimiz Ollohning zikri ila bardavom bo‘ladi.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
1 / 06 / 2023
Bugunimiz olayotgan nafas ham allaqachon she’rga aylanib bo‘ldi. She’riyatga kirib kelayotganlar orasida ijodning yukini yelkalashga qodirlari bor. “Birinchi kitobim” loyihasi ana shunday iste’dodlarni kashf qilishga imkon berdi.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
1 / 06 / 2023
“Bizga ikki turli kishi kerak. Biri diniy ilmlarni falsafalari ila komi
bilaturgʻon zotlar, ikkinchisi dunyoviy ilm ila hunarlarni yaxshi bilgan
ziyolilar”.
(Mahmudxo‘ja Behbudiy)
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
24 / 05 / 2023
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi A. Cho‘lpon kutubxonasida Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan, “Mening kimligimni el bilsa bo‘ldi” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.