Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
28 / 03 / 2022
Topshiriq. Dialogni o‘qing. Internet va uning imkoniyatlari haqida yana qanday qo‘shimcha ma’lumotlar bilasiz?
— Donoxon, internet nimaligini bilasizmi?
— Bilishimcha, Komiljon, – bu kompyuter tarmoqlari majmuyi. Bu so‘z inglizcha “o‘rgimchak to‘ri” degan ma’noni bildiradi.
— Uning qanday imkoniyatlari bor?
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
28 / 03 / 2022
“ Qalbimdagi nur ” ruknini ustoz Mahmud Sa ’ diy tashkil etgan edi . Millat manfaati , taraqqiyoti uchun jon kuydirgan , ishini ko ‘ rsatgan - u , o ‘ zini xalqqa ko ‘ z - ko ‘ z qilmagan , chin fidoyi , kamtar insonlar hayotini ochib berishga qaratilgan mazkur ruknda kun kelib ustozning o ‘ zi haqida ...
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
28 / 03 / 2022
Bugun bir nechta nashriyot faolligi bilan ko‘zga tashlanib, nashriyotlar orasida sezilarli raqobat vujudga keldi.
Qaysi biri tarjima asarlarining ko‘pligi, qaysidiri reklama siyosatining yaxshi yo‘lga qo‘yilgani, yana biri esa talabgir kitoblarni ko‘proq nashr etayotgani bilan olg‘a bormoqda. Bu usullar barchasi nashriyotlar uchun foyda keltirayotgani aniq. Ammo kitobxonlar uchun-chi? So‘nggi ikki-uch yilda nashr etilgan kitoblar va ularning narxlarini kuzatib borar ekanmiz, beixtiyor savollarga duch kelamiz.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
28 / 03 / 2022
Ingliz va rus tillarini o‘rganish biroz mukammal. Chunki bu ikki til ham bizning til oilamizga mansub emas. Rus tilida real til muhiti mavjud, ammo bu ko‘pga cho‘zilmaydi. Hududlarda rus tilida so‘zlashuvchi qatlam qisqarib bormoqda. Tarjima va noshirlik ishining rivoji natijasida ko‘pgina adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima ham bo‘lyapti. Hozircha faqat badiiy adabiyotlar. Shunday davrda zamona ilm-fanidan xabardor bo‘lish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun oddiy inson nima qilishi kerak, degan savol ko‘ndalang tushib turibdi.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
22 / 03 / 2022
Urush nima? Urush bu — dahshat. Urush sendan olisda bo‘lganda ko‘ngilxushlikday tuyiladi. Akoplar orasida tanalar, qovurg‘alar orasida qalblar o‘layotganda esa uning dahshatini, falokatini his etish mumkin. Remark o‘z asarlarida doimo urushni qoralab kelgan. Uning qahramonlari urushdan aziyat chekkan oddiy odamlar. Urush kimningdir molini, kimningdir uyini, boyligini, oilasini, umrini olishi mumkin. Ammo urush qalbini olib qo‘ygan odamlar ham bor.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
20 / 03 / 2022
Maddohlik haqida tunov kuni xorijda tahsil olgan do ‘ stim bilan suhbatlashib qoldik . Bir qiziq fakt aytib qoldi .
Xullas , biz havas qiladigan tarixiy shaxslarning aksariyat qismi maddoh bo ‘ lgan . Hammaga mashhur “Mona Liza” portreti muallifi Leonardo Da Vinchi o‘shanday maddohlardan biri. Italiyada juda boy savdogar, bankir Medichchilar oilasi bo‘lgan. Da Vinchi kun ko‘rish maqsadida ko‘pgina...
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
18 / 03 / 2022
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019-yil 29-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonli Farmoni, shuningdek davlatimiz rahbarining 2021-yil 12-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishning 8-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2022-yilning 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Favqulodda...
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
17 / 03 / 2022
X–XI asrlar turk dunyosida ilm-ma’rifat gullagan davr hisoblanadi. Bu davrda Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Mahmud Qoshg‘ariy kabi ko‘plab daholar yetishib chiqdi. Ulardan yana biri buyuk aql egasi Yusuf Xos Hojibdir. Uning “Qutadg‘u bilig” asarini bilmagan, o‘qib hayratlanmagan kitobxon orangizda kam topilsa kerak. Bu asar dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilinib, shu kungacha davlatni boshqarish, ta’lim-tarbiya va boshqa sohalarda dasturilamal bo‘lib kelmoqda.
Kitob insonning qadr-qimmati, fazilatlari, bilim va hunarning ahamiyati...
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
17 / 03 / 2022
Kasbimiz nuqtayi nazaridan O‘zbekistondagi ta’lim tizimi tarixi haqida ko‘p savollarga duch kelamiz. Tarix fani o‘qituvchisi sifatida men ham ushbu savollarga javob topishga intilaman. Batafsil ma’lumotlarni faqat ilmiy manbalar yoki arxiv hujjatlaridan topsa bo‘ladi.
Shu maqsadda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda Marg‘ilon shahar tarixi muzeyi fondlarida qisqa izlanishlar olib bordim. Manbalarning keng ko‘lamli ekanligi, mavzuga oid ma’lumotlarning uzuq-yuluqligi sababli mavzuni faqat Marg‘ilon shahri misolida yoritishga qaror qildim.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
16 / 03 / 2022
Voyaga yetmaganlarning turmush qurishi o‘tmishda qolgan, deb o‘ylaydi ko‘pchilik. Ammo unday emas. Ayni biz yashayotgan davrda ham bu muammo eng og‘riqli masalalardan biridir. Bo‘lajak ota-onaning turmushga hali tayyor emasligi, ularda hali bolalik davri to‘lig‘icha yakunlanmaganligi, mehnatga layoqatsizligi va oilani moddiy va ma’naviy tomondan ta’minlab berolmasligi tufayli erta turmush me’yoriy hujjatlar asosida man etilgan.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
16 / 03 / 2022
Ma’lumki, har bir davra, har bir jamoaning o‘z yozilgan va yozilmagan qoidalari bo‘ladi. Maktabda o‘quvchilar yoki o‘qituvchilarning yurish-turish qoidalari, mehnat jarayonida, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi, tibbiyot, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning va hokazolarning o‘z kasbiy etiketlari mavjud.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
14 / 03 / 2022
Og‘riqlarni san’at gapiradi yoxud “Qo‘llar” kartinasi qanday yaralgan?
Albrext Dyurer 1471–1528-yillarda yashab o‘tgan rassom, o‘n sakkiz bolali oilaning rasmga qiziqqan ikki o‘g‘il farzandlaridan biri. O‘g‘illardan ikkisining ham rasm chizishga katta qiziqish va qobiliyati bor edi. Har ikkovi ham rassomchilik maktabida o‘qib, mashhur rassom bo‘lishni orzu qilishardi.
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
13 / 03 / 2022
“Peshog‘or”ga sayohat orzusi ushaldi
Zomin tumanining qadimiy yerosti obidasi “Peshog‘or” g‘ori Morguzar tog‘ tizmalarida joylashgan bo‘lib, tevarak-atrofi baland qoyalardan iborat. Ma’lumki, “pesh” forscha – “oldi”, “old tomoni”, demak “peshog‘or” –“g‘or oldi” ma’nosini anglatadi. G‘or ibtidoiy jamoa davridan beri mavjud. Qishki ta’til kunlarining birida bir guruh yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Peshog‘or”ga sayohat qilish ishtiyoqi bizda hamma narsadan ustun turardi....
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
13 / 03 / 2022
Korrupsiya – kelаjаgimiz kushаndаsi
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvar kunida qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. Hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay...
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
12 / 03 / 2022
Poytaxtimida ShHT xalqaro yarim marafoni o‘tkaziladi
Joriy yil sentabr oyida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammitiga davlatimiz mezbonlik qilishidan xabaringiz bor. Ushbu sammit oldidan tashkilot doirasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, 2022-yil 27-mart kuni ilk bor poytaxtimizda Toshkent xalqaro ShHT yarim marafoni tashkil etiladi.