“Ma’rifat”chilar tengsiz
Madaniyat va sport
27 / 06 / 2019
25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab respublikamiz matbuot va OAV xodimlari ishtirokida erkaklar o‘rtasida mini-futbol va ayollar o‘rtasida stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi.
Biz uchun ahamiyatlisi, stol tennisi bahslarida “Ma’rifat” gazetasi xodimlaridan Nigina Shukurova va Zilola Muhammadali ham ishtirok etib, faxrli 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Tahririyatimiz jamoasi nomidan ushbu g‘alaba bilan hamkasblarimizni muborakbod etamiz.
Mini-futbol bahslarida “MTRK”, “Mahalla” gazetasi va Kun.uz sayti jamoalari bilan kuch sinashgan gazetamiz jamoasiga biroz omad yetishmadi.