Talabalar o‘rtasidagi “Universiada” sport o‘yinlari boshlanmoqda
Madaniyat va sport
23 / 01 / 2020
Bugun O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida sportning 12 ta turi bo‘yicha o‘tkazib kelinadigan “Universiada” sport o‘yinlarining final bosqichiga start beriladi.
Xususan, 23–26-yanvar kunlari Navoiy shahrida o‘tkaziladigan shaxmat va shashka bahslarida 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
2000-yildan buyon tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari bu yildan boshlab yangi shaklga o‘tkazildi. Joriy yildan e'tiboran “Universiada” sport o‘yinlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilib, 4-iyunga qadar davom etadi.
O‘tkaziladigan bellashuvlarda 1 500 nafardan ortiq talaba qatnashadi.