Musobaqa qiziqarli o‘tdi
Madaniyat va sport
10 / 02 / 2020
Uchquduq tumandagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida prezidentimizning 5 muhim tashabbusi doirasida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish hamda Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligiga bag‘ishlab stol tennis va shaxmat bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Stol tennis musobaqasida maktabning 68 nafar umidli sporchilari bahs olib brogan bo‘lsa, shaxmat turidan “Shalxar” OFYdagi shaxmat to‘garagi shug‘ullanuvchilari, mahalladagi uyushmagan yoshlar hamda mehnat faxriylari ishtirok etdi. Musobaqa g‘oliblari Bolalar va o‘smirlar sport maktabi ma’muriyati tomonidan diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shahnoza Karimova