Uchquduqda shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Uchquduq tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida 2020-yil 17-18-fevral kunlari Prezidentimizning 5 muhim tashabbusi doirasida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilish maqsadida shaxmat bo‘yicha 1—5- hamda 6 — 11-sinflar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa tuman soliq inspeksiyasi, XTB, jismoniy tarbiya va sport bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Musobaqada 98 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
1—5-sinf o‘g‘il bollar o‘rtasida 1-o‘rinni Xolmamatov Samatbek (3-maktab), 2-o‘rinni Halimov Baxtiyor (20-maktab), 3-o‘rinni Ismatullayev Bexruz (10-maktab) egallagan bo‘lsa, qizlar o‘rtasidagi bahslarda 1-o‘rin Abduhamidova Farizoda (10-maktab), 2-o‘rin Musayeva Sabina (3-maktab), 3-o‘rin Muhiddinova Durdona (20-maktab)ga nasib etdi.
6 — 11-sinf o‘g‘il bollari o‘rtasida 1-o‘ringa Parmonov Murot (10-maktab), 2-o‘ringa G‘aybullayev Ziyobek (18-maktab), 3-o‘ringa Abdullayev Xo‘jamqul (12-maktab); qizlar o‘rtasida 1-o‘ringa Gafurova Zarina (3-maktab), 2-o‘ringa Karayeva Zarina (3-maktab) 3-o‘ringa Shamuratova Durdona (18-maktab) loyiq topildi.
G‘oliblar BO‘SM va tuman soliq inspeksiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shaxnoza KARIMOVA