Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi
“Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (480-son, 12.08.2020) qabul qilindi. Bu haqda Yuz.uz sayti bar berdi.
Unga ko‘ra:
Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi va faoliyati 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.
Undagi ta’lim ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. umumiy o‘rta ta’lim — 7-9 sinflar;
2. o‘rta professional ta’lim — 9-sinfdan keyingi bir yillik ta’lim.
Olimpiya zaxiralari kollejining asosiy faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yo‘naltiriladi.
2020/2021-o‘quv yilidan boshlab olimpiya zaxiralari kollejlarining o‘rta professional ta’lim bosqichida futbol bo‘limlari tashkil etiladi va ularda futbol bo‘yicha mutaxassislar (sportchilardan tashqari) tayyorlanadi.
Qaror bilan, shuningdek:
— Olimpiya zaxiralari kollejlari to‘g‘risidagi nizom;
— Olimpiya zaxiralari kollejiga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyaldan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
— Olimpiya zaxiralari kollejlarida oziq-ovqat bilan ta’minlash harajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom kabilar ham tasdiqlandi.