Sport maktabidagi talon-torojliklar fosh etildi
Madaniyat va sport
4 / 03 / 2021
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumanidagi Bolalar-o‘smirlar sport maktabi mas’ul va moddiy javobgar shaxslari 2018-2020-yillarda maktabning murabbiy va xodimlariga jami 491,4 mln so‘m xizmat safari xarajatlari va ish haqlarini naqd pul shaklida ajratib, to‘lov qaydnomalardagi imzolarni soxtalashtirib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu holat aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-toroj qilish) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.