“Qizlar odob targ‘ibotchisi”
Yashnobod tumanidagi 226-maktabda “Qizlar odob targ‘ibotchisi” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari “Sog‘lom avlod uchun” fondi Yashnobod tumani bo‘limi rahbari Tursunxon Sharipova, “Buvijonlar maktabi” rahbari Lolaxon Qosimova, “Birlashgan” mahallasi raisi Muhabbat Xolmatova so‘zga chiqib, qizlar tarbiyasining nozik jihatlari, e’tibor qaratish lozim bo‘lgan xususiyatlari haqida gapirdilar. Tumandagi maktablarning lider o‘quvchi qizlari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar 2 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Mehmonlar ularning bajargan ishlarini baholab bordilar.
Tadbir tashkilotchisi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yashnobod tumani bo‘linmasi uslub rahbari Marhabo Ahmedova o‘quvchilarning mavzuga oid tayyorlagan taqdimotlarini baholab, barcha o‘quvchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Maktabimizning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sanobar Madaminovaning shogirdi 10-sinf o‘quvchisi Mohiraxon Ҳayitboeva tanlovda faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Munisa SHOKIROVA, Yashnobod tumanidagi 170-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, xotin-qizlar qo‘mita raisi