Armryestling sovrindorlari
Armryestling sovrindorlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5924-sonli hamda 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmonlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, sportning armrestling turi bo‘yicha Xalqaro va Respublika miqyosidagi musobaqalarda yoshlarimiz faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Armrestling — ikki ishtirokchi o‘rtasida (sport jang san’ati turi) qo‘l kurashining bir turi hisoblanadi. O‘yin davomida raqobatchilarning bir xil qo‘llari qattiq, tekis yuzaga (odatda stol) joylashtiriladi va qo‘llar bir-biriga qulflanadi. Raqobatlashayotgan sportchilarning vazifasi bir-birlarining qo‘llarini sirtga bosish va g‘alabaga erishish hisoblanadi. Duel ishtirokchilariga vaqt bo‘yicha shuningdek, bir qator texnik va taktik cheklovlar qo‘llaniladi. Armrestling Olimpiya sporti bo‘lmasa-da, qo‘llardagi kurash dunyoning ko‘p qismlarida juda mashhur sport turi hisoblanadi.
Mazkur armrestling sport turi bo‘yicha musobaqalardan biri joriy yilning 29-30-sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazi ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham munosib ishtirok etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan musoboqada O‘zbekiston qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va uning tuzilmalaridan turli vazn toifadagi 300 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar va proffesional sportchilar o‘zaro bellashdilar. Ushbu musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi o‘quv kurslari vzvod komandirlari leytenant Xurmatillo Madazimov 70 kg vazn toifasida faxrli birinchi o‘rinni , leytenant Odil Po‘latov 75 kg vazn toifasida faxrli ikkinchi o‘rinni , Akademiyaning 2-kurs kursanti 70 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni , Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining yo‘riqchi-qutqaruvchisi kichik serjant Mirabdulla Mirkarimov 95 kg vazn toifalarida faxrli birinchi o‘rinni hamda Toshkent shahar Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ikkinchi yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchisi Bekzod Manazarov 85 kg vazn toifasida faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasini umumiy hisobda faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishlariga munosib hisalalarini qo‘shdilar. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan tantanali taqdirlandilar.
Farhodjon XOJAYEV,
O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodd vaziyatlar vazirligi
Akademiyasi katta o‘qituvchisi, mayor.