Diqqat! Tanlov!
Vazirlik Hay’atining qaroriga muvofiq yana 14 n afar ilmiy g‘oya mualliflarini rag‘batlantirilishi tasdiqlandi. Tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi. Iqtidorli yoshlarning tanlovga taqdim etilgan aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan ilmiy g‘oyalari Yoshlar akademiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. 2-bosqichda talabgorlar o‘z ilmiy g‘oyalarini Tanlov komissiyasi oldida taqdimot (prezentatsiya) ko‘rinishida himoyasini o‘tkazdilar. Taqdimot himoyasida talabgorlar ilmiy g‘oyani qisqa, lo‘nda va asoslangan holda ochib berishi hamda puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda ishtirok etishlari talab etildi. Kamida 50 ball to‘plagan ilmiy g‘oyalar Tanlov komissiyasi qarori bilan g‘olib deb topildi.
Tanlov davom etmoqda.
https://mininnovation.uz/