"Dixit Algorizmi" ish boshladi
"Dixit Algorizmi" ish boshladi
Bugun Toshkentda "Dixit Algorizmi" ko‘rgazmasi boshlandi. Z amonaviy san’at markazi binosida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir o‘zbek olimi va matematigi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning fundamental asarlarini o‘rganish ga bag‘ishlanadi. T a’kidlanishicha , olim izlanishlarining bugungi texnologik rivojlanishga, zamonaviy madaniyatga va G‘arb innovatsiyalariga bo‘lgan ta’siri ko‘rsatiladi.
E’tiborlisi, k o‘rgazma Jozef Grimaning (Space Caviar studiyasi) boshchiligida hamda Sheyda Gomashi va Kamilo Oliveyralarning hamkuratorligida o‘tkaziladi.
“ Algoritm zamonaviy madaniyatdagi mumkin bo‘lgan barcha o‘zaro ta’sirlarni bizning smartfonlarimizdagi ilovalar orqali shakllantiradi. Biz bu so‘zni bilamiz, lekin uni tushunmaymiz. Multisensor va tasviriy ko‘rgazma yordamida biz uning kelib chiqishini va algoritmning antik davrdan to zamonaviy davrgacha jamiyat va madaniyatga qanday ta’sir ko‘rsatishini kuzatamiz" — deydi ko‘rgazma kuratori Jozef Grima.