El-yurt osoyishtaligi generallari
“El-yurt osoyishtaligi generallari”
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida Milliy matbuot markazida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston xalqi xizmatida” , “Ichki ishlar organlarining mard o‘g‘lonlari” , “El-yurt osoyishtaligi generallari” hamda “IIV Birlashgan tahririyati kutubxonasidan” turkumida nashr etilgan “Postda” — “ На посту ” gazetasining 90 yilliga bag‘ishlangan “Ma’rifat ziyosi” , “Yoshlar — kelajak poydevori” , “Ma’naviyat va ma’rifat chashmasi” , “Faxriylar — faxrimiz” nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ochib bergan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov quyidagilarni ta’kidladi: “Tahririyatlar zamonaviy tendensiyalar bilan birgalikda olib borilmoqda. Shu bilan birga, tahririyat qator kitoblarni ham chop etmoqda. Birgina “Postda” — “ На посту ” gazetasi bir yilda 4 ta kitobni nashrdan chiqarishga muyassar bo‘ldi” .
“Postda” — “ На посту ” gazetasini yanada qiziqarli, ommabop, oilaviy gazeta holiga keltirish uchun harakat qilinayotgani haqida IIV Birlashgan tahririyati bosh muharriri Bernora Sadikova aytib o‘tdi. Bundan tashqari, o‘tgan yildan beri gazeta 24 sahifada, rangli formatda chiqayotganini ham ma’lum qildi.
Tadbirda bir qancha mehmonlar bilan birgalikda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti boshlig‘i, polkovnik Yaxyojon Abdulxakov, yuridik fanlari doktori, iste’fodagi polkovnik Abdug‘ofur Sattorov ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.