“Hokim kubogi musobaqasi”
2021-yilning 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan 9-may Xotira va qadrlash kuni munisabati bilan “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas!” shiori ostida sportning “Belbog‘li kurash” turi bo‘yicha “Uchquduq tuman Hokim kubogi musobaqasi” Uchquduq tuman BO‘SMda tashkillashtirildi. 6 ta vazn toifasida o‘zaro polvonlar bellashdilar. Katta yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida mutloq g‘oliblikni: + 66 kg vazn toifasida 1-tovoq uchun Televizor sohibi Isomov Shoxnazar, 2-tovoq uchun 66 kg vazn toifasida Toshimov Sardor Mekroto‘lqinli pech sohibi, 3-tovoq uchun 60 kg vazn toifasida Eshpo‘latov Oybek Mekroto‘lqinli pechlarni sohibiga aylandi. Kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida 32 kg vazn toifasida Raxmatov Asror, 42 kg vazn toifasida Quvondiqov Quvonchbek, 46 kg vazn toifasida Raxmatov Asadbeklar faxrli 1- o‘rinni egalashdi. Barcha musobaqa g‘oliblarini Tuman hokimi S.Xamroyev qimmatbaho estalik sovg‘alari bilan taqdirladi.