"Inson qadri va xotirasi muqaddas"
Unda front ortidagi hayot va Z.Zokirova qismati ifodalangan "Ilhaq" filmi rejissyori Jahongir Ahmedov, Zulfiya aya haqida maqolalar yozgan, jurnalist, yozuvchi, ko'plab tarixiy asarlar muallifi Alinazar aka Egamnazarov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'lim boshlig'i Munojotxon Nurmatova, tuman va viloyat ma'naviyat markazi xodimlari mehmon sifatida ishtirok etdi.
-- Bundan 31 yil oldin birinchi marta Zulfiya ona haqida maqola yozganman. O'shanda undan qolgan yolg'iz qiz Manzura opa juda quvongandi, -- deydi yozuvchi Alinazar Egamnazarov. --- Ikkinchi jahon urushida Xonoboddan 127 nafar yigit urushga ketgan bo'lsa, ulardan 88 nafari qaytmagan. Shundan 5 nafari Zulfiya onaning farzandlari bo'lgan. Kelganlari ham mayib-majruh bo'lib uzoq yashamagan. Men ham shu qishloqda tug'ilib voyaga yetganman. Sadoqat va sabrda tengsiz ayol haqida ko'p eshitganman. Keyinchalik bu haqda maqolalar yozdim. Uning xotirasini abadiylashtirish yo'lida harakat qildim. 1991 -yilda shu hududdagi 25-maktabga Zulfiya Zokirova nomi berildi. Maktab hovlisida urushda qurbon bo'lgan 5 o'g'il xotirasiga yodgorlik majmuasi o'rnatildi. Ammo ko'p o'tmay, maktablar ma'lum nom ostida bo'lishi ta'qiqlandi va Zulfiya nomi olindi. Davlatimiz rahbari nutqida Z.Zokirova matonati haqida so'z ochdi. Uning, urush qurboniga aylangan farzandlari va beva kelinlari sharafiga poytaxtimizdagi G'alaba bog'ida "Matonat madhiyasi" nomli haykal barpo etildi.
Tadbir ko'tarinki ruhda davom etdi. Rejissyor Jahongir Ahmedov filmni suratga olish bn bog'liq murakkab jarayonlar haqida o'quvchilarga so'zlab berdi. Qatnashchilar qiziqqan savollariga javob oldi.
Tadbir orqali o'quvchilar ko'plab tarixiy ma'lumotlarga ega bo'ldi. Musiqiy guldasta yig'ilganlarning kayfiyatini ko'tardi.