Mehnatlar samarasi
#Taqdirlash
Mehnatlar samarasi
Oʻtgan yili yurtimiz tarixida ilk bor davlatimiz rahbari kasaba uyushmalari Federatsiyasi qurultoyi ishtirokchilariga tabrik yoʻllagani, unda 11-noyabrni “Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilash taklifi bildirilgani sohaga boʻlgan yuksak eʼtibordan dalolatdir.
— Soha xodimlari “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida, mehnatkashlarning hayotini tubdan yaxshilash boʻyicha olib borayotgan keng koʻlamli ijtimoiy islohotlarni davom ettirmoqdalar va buning uchun birinchi navbatda xodimlarning mehnat huquqlarini taʼminlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, — koʻrik-tanlovning “Eng yaxshi mehnat muhofazasi boʻyicha vakil” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin sovrindori Jizzax viloyati Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab internati mehnat muxofazasi boʻyicha vakili Abduvali Artikov. — Yil davomida kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etilgan turli darajadagi tadbirlar tashkilotlar va muassasalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilashga xizmat qilmoqda. Ana shunday tadbirlar sarhisobi va 11-noyabr — “Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilanganligiga bir yil toʻlishi munosabati bilan joriy yilning 29-oktyabr kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Oʻquv markazida “Mehnati qadrlangan yurt” deb nomlangan taqdirlash tadbiri oʻtkazildi.
Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qoʻmitasi tashabbusi “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Koʻrik-tanlovning I bosqichida 200 dan ortiq ishtirokchilar qatnashib, II Respublika bosqichiga 27 ta boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlarining xujjatlar taqdim etildi. Taqdim etilgan hujjatlarning xaqqoniyligi komissiya aʼzolari tomonidan oʻrganib chiqildi. Shuningdek, uyushma “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish koʻrik-tanlovi Nizomi”da koʻrsatib oʻtilgan baholash mezonlariga asoslangan holda yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlgan “Eng yaxshi korxona”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qoʻmitasi”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili” hamda “Mehnat muhofazasi boʻyicha yosh mutaxassis” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar tasdiqlandi. Gʻoliblarga qimmatbaho sovgʻalar va diplom bilan taqdirlandi.
Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar hamda kasaba uyushmasi vakillari, shuningdek, ilm-fan sohasida samarali faoliyat koʻrsatayotgan fidoyi xodimlar ishtirok etdilar.
Boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlari va aʼzolarini ragʻbatlantirish, ularning ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgan “Eng namunali boshlangʻich tashkilot”, “Mehnat muhofazasi boʻyicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻoliblari ham taqdirlandilar.
Shuningdek tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari U.Sharifxodjayev kasaba uyushmasi faollarini bayram bilan tabrikladi va bir guruh taʼlim tizimida samarali mehnat koʻrsatayotgan kasaba uyushmasi faollariga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonini topshirdi.
Demak, kasaba uyushmasi aʼzolari soni 100 nafargacha va 100 nafardan ortiq boʻlgan, koʻrik-tanlovning III-bosqichida ishtirok etgan 24 nafar ta boshlangʻich tashkilotlarning sovgʻalari kecha Respublika kengashining masʼul tashkilotchilariga topshirildi.
Barcha tadbirlar va islohotlar zamirida madaniy-maʼrifiy bayram tadbirlarini oʻtkazish, muayyan bir sohada koʻp yillar mehnat qilib kelayotgan, oʻziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, kasaba uyushmasi faoliyatini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuskorligi, shuningdek yaratgan yangiliklari, shogirdlar tayyorlashdagi jonbozligi, mehnat jamoasi orasidagi obroʻ-eʼtibori va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan kasaba uyushmasi xodimlari va faollarini ragʻbatlantirish ishlarini amalga oshirish maqsad qilingan, albata.