Milliy “men”iga ega bo‘lgan shoir
Milliy “ men ” iga ega bo ‘lgan shoir
Urush yillarida shoir o‘z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa qaratdi, uning muqarrar g‘alabasiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar yaratdi. U “Sen yetim emassan”, “Kuzatish”, “Vaqt”, “Sog‘inish”, “Men yahudiy” kabi she’rlar, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g‘alabasiga otlantirdi.
“Sen yetim emassan “ Sen yetim emassan,
Tinchlan, jigarim, Vataning — onang,
Zaminday vazminu Mehnatkash, mushfiq,
Istagan narsangni tayyorlaguvchi
Xalq bor — otang bor, deb ta’kidlagan”.
Urush yillarida yaratilgan “Men yahudiy” she’rida shoir faqat yahudiy millatini himoya qilibgina qolmaydi.
“Men ham odamman”, “Va mening qonim ham xalqlardan zarra”, “Inson irqidanman, inson millati” so‘zlari zamirida barcha katta-kichik xalqlarni ham himoya qilish, ardoqlash va ulug‘lash niyati bor. Jumladan, shoir shunday ta’kidlaydi:
G‘oliblar safida turarak men ham,
Ya’ni sodda formula: Yahudiy – odam.
Mening kimligimni olam olqishlar,
Ko‘zimda baxtimning quyosh-sururdi, men yahudiyman...
G‘afur G‘ulom ushbu she’rida dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlar barcha dindagi odamlar uchun bir ekanligini ta’kidlaydi. “Men yahudiy” she’rini o‘qigan Ilya Erenburg “Gitler yahudiylarni nishonga olgan kunlarda zo‘ravon qonxo‘rning basharasiga tikka men yahudiy, deya mag‘rur xitob qilgan shoir chiqdi. Bu o‘zbek G‘afur G‘ulom edi”, degani bejiz emas. Shoir 1942-yilning qishida bir guruh shoir-yozuvchilar, hofizlar, bastakorlar bilan jangchilarga sovg‘a olib borganlar. Jang maydonlarida Vatan himoyachilari bilan juda ko‘p uchrashuvlarda bo‘lgan. Urush dahshatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib “Talon-taroj qilingan yerda”, “Salom va tabrik” she’rlarini o‘sha yerda yozib, o‘qib bergan. G‘afur G‘ulom urushdan keyin “Vaqt”, “Yigitlarga”, “Siyohdon”, “Alisher”, “Yoz”, “Sharaf qo‘lyozmasi”, “Pol Robsonga”, “Farg‘ona uchun”, “Sen salomat bo‘lsang bas”, “Anor”, “Bizning uyga qo‘nib o‘ting, do‘stlarim”, “Kulol va zargar”, “Alisher Navoiyning qabri ustida”, “Tun bila tong” kabi bir necha o‘nlab yetuk she’rlar yaratdi. Shoir she’riyatida kuylangan inson dunyoqarashida milliy tafakkur va milliy shuurning ham o‘z o‘rni bor. Muhimi, milliy ongning, tafakkurning maxsuli sifatida talqin etiladigan bu tuyg‘uni she’riyatiga singdirishda urinish xodisasi G‘afur G‘ulom shaxsiyatida saqlanib qolgan “Milliy men”lik bilan asoslanadi.
Shohzodjon OTAMURODOV,
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi