Polvonlar bahsi
Joriy yilning may oyida Uchquduq tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2020-yil 30-oktabrdagi farmoni ijrosini ta’minlash, belgilangan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 9-may Xotira va qadrlash kunini ko‘tarinki ruhda nishonlash maqsadida “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas!” shiori ostida Uchquduq tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabida sportning paurlifting turi boyicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa g‘oliblarini Uchquduq tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi ma'muriyati hamda Qizilyarimoy jamiyati Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.