JAHONGA YO‘L
Respublika Ixtisoslashtirilgan Kompleks bolalar va o‘smirlar sport maktabi Yunon-rum kurashi murabbiylari Abdullayev Xayrulla hamda Abdullayev Ziyodulla lar tomonidan Yunon-rum kurashi qatnashchilariga mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Bu kurash bilan hozir 40 dan ziyod sportchilar turli vazn toifasida shug‘ullanishmoqda deydi murabbiy(ayni damda Dinamo sport kompleksining ham murabbiylik qilmoqda) Xayrullo Abdullayev.
Bu yerda shug‘ullanayotgan sportchilarimiz Toshkent shahar musobaqalarida. Respublika musobaqalarida ham qatnashib sovrinli o‘rinlarni olishgan. Osiyo chempionatlarida ham qatnashib kelishmoqda deydi: murabbiy Ziyodulla Abdullayev.
Bu kompleks sport maktabi Yunon-rum kurashi sportchilaridan Abror Nurmuhammedov. Abubakr Aminov. Nekolay Yegorovlar Osiyo chempionatida. Abdulaziz G‘ulomqodirov xalqaro granpri g‘olibi b o‘lgan. Ismoyil Asanov esa Jahon chempionatida ishtirok etishgan.
Vatanimiz dovrug‘ini o‘zlarining Yunon-rum kurashi bilan, mehnati bilan jahonga k o‘z-ko‘z qilayotgan ushbu maktab sportchilari va murabbiylariga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.