SOG‘LOM TANDA – SIFATLI TA’LIM
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida maktab o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida musobaqa tashkil etildi.
Birinchi bosqich 1–10-mart kunlari 208 ta tuman (shahar)lardagi sektorlarda ta’lim muassasalari, sport majmualaridagi maydonlarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining ushbu bosqichida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha jami 211 658 nafar o‘qituvchi ishtirok etishdi. Har bir sektorda 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi (jamoa)lar 13–18 mart kunlari musobaqaning tuman (shahar) bosqichida bellashdi hamda g‘oliblar Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman (shahar) bo‘linmasi kengashlari tomonidan taqdirlandi.
Jumladan, musobaqaning Uchtepa tuman bosqichida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari, musobaqani o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita raisi Sh.Jalilovlar ishtirok etib jarayonlarni yaqindan kuzatdi. Qolaversa, musobaqada jonbozlik ko‘rsatgan yoshi ulug‘ ishtirokchilarga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining alohida rag‘batlantiruvchi sovg‘alari topshirildi.
Bellashuvning yakuniy 3-bosqichida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan, shuningdek, sport turlari bo‘yicha to‘plagan ochkolari umumlashtirilib, eng yaxshi natija ko‘rsatgan tuman (shahar) ishtirokchi (jamoa)lari Kasaba uyushmasi kubogi va va pul mukofoti bilan taqdirlandi.