Xalqlar do'stligi - adabiyotlar do'stligi
Xalqlar do'stligi - adabiyotlar do'stligi
O‘zbekistonda mamlakatimiz aholisining ma’naviy saviyasini yuksaltirishning muhim vositasi sifatida adabiyotni rivojlantirish, kitob mahsulotlarini nashr etish va kitobxonlikni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbek xalqi azaldan adabiyotni sevib, yuksak qadrlab kelgan. Biz adabiyot ustalarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bugungi kunda nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyotining eng sara namunalarini respublika aholisi o‘rtasida keng targ‘ib etish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu mamlakatimiz matbaa va axborot-kutubxona muassasalarining vazifasidir.
Poytaxtimizdagi “Bilim” axborot-kutubxona markazi fondi jahon adabiyotining kitob nashrlariga boy. Xorijdan kelgan yozuvchi va shoirlarning klassik va zamonaviy adabiy asarlari Moskva AKM foydalanuvchilari orasida juda mashhur. 2015-yilda kutubxona fondi xorijiy adabiyot mualliflarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan yangi nashrlari bilan to‘ldirildi. Bugungi kunga kelib, foydalanuvchilarimiz A.Pushkin, L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, C.Aytmatov, A.Dyuma, V.Shekspir, A.K.Doyl, E.Xeminguey, P.Koelo va boshqalarning asarlarini mutolaa qilish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.Shu sababdan, “Bilim” axborot-kutubxona markazidan o‘zbek millatiga mansub foydalanuvchilar soni o‘tgan davrga nisbatan bir necha yuz barobar oshdi.
Xorijiy adabiy ijod ustalarining ijodi bilan tanishish uchun axborot-bibliografiya xizmati xodimlari tomonidan turli xildagi bibliografik vositalar ishlab chiqilgan. “Eng muhimi haqida gapiring” (A.D. Dementyev haqida), “Issiq yurak” (Ch.Aytmatov haqida), “Ko‘taruvchi so‘z” (S.Ayniy haqida), “Eshik”, “Bolalik mamlakatiga” (N. Nosov haqida) va boshqalar adabiyotining tavsiyanoma ro‘yxatlari va bibliografik ko‘rsatkichlar shular jumlasidandir..
Har yili kutubxona markazida elektron resurslar va o‘quv zallari xizmati mutaxassislari tomonidan o’zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari yubileylari munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, “Faol kitobxonlar klubi” yig‘ilishlari doirasidagi davra suhbatlari, adabiy-badiiy kechalar, she’riy kechalar, bibliografik sharhlar: N.Nekrasov tavalludining 200 yilligiga “N.Nekrasov ijodini o‘rganamiz”, F. M. Dostoevskiyning 200 yilligiga “Boshlanishi va oxiri yo‘q hayot”, J. London tavalludining 145 yilligiga “D. Londonning ijodiy merosi”.
Ayni paytda Toshkent shahridagi “Bilim” axborot-kutubxona markazimutaxasisslarionlayn va offlayn rejimda foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatib, jahon mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalarini yanada ommalashtirish borasida o‘zlarining innovatsion g‘oya va loyihalarini hayotga tadbiq etmoqda. Shuningdek, Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Xalqlar do'stligi - adabiyotlar do'stligi ” shiorini asos qilib olgan holda “Ko‘k jomadonning sayohati” (“Путешествие голубого чемоданчика”) https://t.me/bilimaksiya Telegramkanali yosh foydalanuvchilari uchun xorijiy bolalar adabiyotining o‘zbek tiliga tarjima qilingan elektron nashrlarining qiziqarli va maftunkor tanlovini tayyorladi.
Shuni ta’kidlashni istardimki, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarini navqiron avlod o‘rtasida keng targ‘ib etishda turli shakl va usullarni qo‘llagan holda, yosh avlod o‘rtasidamamlakatimizning barkamol avlodiga targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
A.TO’RAYEVA,
Toshkent shahar “Bilim” AKM ilmiy-metodika xizmati rahbari