Zukko Bolajon
“Zukko Bolajon!” fotoalbomining taqdimoti boʻlib oʻtmoqda
Toshkent shahridagi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi filiali Toshkent muzeyida “Zukko bolajon” fotojurnalining taqdimoti boʻlib oʻtdi. “Bolalar bu dunyoning eng katta moʻjizasidir. Murgʻak qalblarning koʻzlaridagi quvonch, shodon kulgulari butun olamni yoritadigandek goʻyo. Bugungi kunda har bir ota-ona, butun jamiyat birgalikda ularning baxt-u saodati, farovon kelajagi uchun harakat qilmoqda” dedi «Ma’ritat» targ‘ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Husanov.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida «Zukko Bolajon!» fotoalbomining taqdimot marosimi o‘tkazildi.
«Zukko Bolajon!» fotoalbomini yaratish uchun malakali pedagog, bolalar psixologi, loyiha koordinatori, dizayner, fotograf va rejissyorlardan iborat ishchi guruh shakllantirilgan. Toshkent muzeyida bo‘lib o‘tgan taqdimot «Zukko Bolajon!» fotoko‘rgazmasining ochilishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng hamkor tashkilot vakillari so‘zga chiqib, bola tarbiyasidagi muhim jihatlar va bugungi kunda hukumat tomonidan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga qaratilayotgan e’tibor haqida fikr bildirishdi.
Ta’kidlanishicha, «Zukko Bolajon!» fotoalbomini yaratish uchun malakali pedagog, bolalar psixologi, loyiha koordinatori, dizayner, fotograf va rejissyorlardan iborat ishchi guruh shakllantirilgan. Uni tayyorlashda asosiy e’tibor bolalar tafakkurini o‘stirish, sharqona tarbiyani zamonaviy uslubda yetkazishga qaratilgan. Albom uchun milliy an’analarimizga xos ta’lim-tarbiya hamda odob me’yorlarini yodga soladigan 51 holat o‘zida aks etgan maxsus ssenariy yozilgan.
Fotoalbomdan maktabgacha ta’lim muassasalarida, Ma’naviyat va ma’rifat markazlari, turli bolalar tashkilotlari hamda oilada farzandlar tarbiyasida foydalanish mumkin. Taqdimot davomida «Zukko Bolajon!» fotoalbomi ijodiy guruhiga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnomalar hamda bolajonlar uchun sovg‘alar taqdim etildi.