“Аmir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida”
Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag‘ishlangan anjumanning ilk kunida mehmonlar Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, “Temuriylar va Ikkinchi Renessans davri” kitoblar ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat qildi.
Xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni Shahrisabz shahrida davom etadi. Uchinchi kunida esa “Shahrisabz” muzey qo‘riqxonasi, Temuriylar davri meʼmorchiligi namunalari – “Dorus saodat” maqbarasi va “Dorut tilovat” majmuasi, “Oqsaroy” madaniy meros yodgorligiga sayohat uyushtiriladi. Kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahridagi Аmir Temur maqbarasini ziyorat qilish, Registon maydoni, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasiga tashrif rejalashtirilgan.
Shohsanam MAHMUDOVA,
“Ma’rifat” muxbiri