O‘zbekistonda birinchi ayollar universiteti ochiladi
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning mamlakatimizga tashrifi doirasidagi uchrashuvlarda Toshkentda Koreya Xalqaro Kyungin Ayollar universiteti filialini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Bu haqida “O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur oliygohni tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum joriy yilning 20-aprel kuni Koreyadagi Kyungin ayollar universiteti, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxus ta’lim vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi tomonidan imzolangan.
OTMning yurtimizdagi filialiga "Toshkent shahridagi xalqaro Kyungin Universiteti" nomi beriladi.
Mazkur ta’lim muassasi yengil sanoat, dizayn, moda, aviatsiya va turizm kabi yo‘nalishlarda xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlaydi.
Ma’lumot uchun: Kyung-in Woman’s University – 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning kampusi Inchxon shahrida joylashgan. Bugungi kunda mazkur ta’lim muassasida 2000dan ortiq talaba ta’lim oladi.