27-28-aprel kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi
Oliy ta’lim
26 / 04 / 2019
2019-yilning 27-28-aprel kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlarini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan barcha abituriyentlarga o‘z eshiklarini ochadi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi .
Ochiq va shaffof imtihonlar jarayonini o‘tkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyadagi Inha universitetining professor-o‘qituvchilar tarkibi Toshkent shahridagi Inha universitetiga yetib kelgan.
Ma’lum qilinishicha, xohishi bo‘lgan barcha jurnalistlar Toshkent shahridagi Inha universitetiga bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarida shaxsan ishtirok etishlari hamda 2019-2020-o‘quv yili bo‘yicha ma’lumot olishlari mumkin.