Kirish imtihonlaridan tarix fani olib tashlandimi?
Savol: O‘tgan yili oliy ta’lim muassasalarining ayrim yo‘nalishlariga kirish imtihonlaridan tarix fani olib tashlandi. Bu yil ham shu o‘zgarish o‘z kuchida qoladimi?
Dilmurod HAYITBOYEV , Andijon viloyati
Javob: Oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlari fanlar majmuasi nazarda tutilgan bo‘lsa, aytish kerakki, o‘tgan o‘quv yillarida biror-bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasida o‘zgarish bo‘lmagan. Xususan, tarix fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlaridan bu fan olib tashlanmagan.
Savolga Davlat test markazi axborot xizmati boshlig‘i Orziqul BOBOYEV javob berdi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.