Testdagi yangiliklar
2020-2021-o‘quv yilidan:
— test fanlari majmuasi ikki bo‘limga ajratilib, 1-bo‘limga barcha test topshiruvchi abituriyentlar uchun majburiy 3 ta fan — ona tili (o‘zbek tili, qoraqalpoq tili, rus tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, 2-bo‘limga da’vogarlik qilinayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi. Majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari soddalashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarning umumiy savodxonligi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltiriladi.
— test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha (asosiy yoki asosiy bo‘lmagan fan ekanligidan qat’i nazar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori daraja tatbiq etiladi.
Kelgusida:
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning ma’muriy markazlarida test sinovlarini o‘tkazish maqsadida katta sig‘imli bino va inshootlar quriladi.
— Shuningdek, abituriyentga o‘zi ro‘yxatdan o‘tadigan, aniqrog‘i, doimiy istiqomat qiladigan hududida test sinovida ishtirok etish imkoniyati berilishi mumkin. Bu ortiqcha vaqt, mablag‘ sarflanishining, sarsongarchiliklarning oldini oladi.
Orziqul BOBOYEV, Davlat test markazi axborot xizmati boshlig‘i