Tibbiyot sohasi muammolari tahlil etildi
Joriy yilning 13-mart kuni Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Tibbiyot fanlari sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda tibbiyot sohasining yetakchi olimlari, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Brifingda so‘nggi yillarda tibbiyotda erishilayotgan yutuqlar va tibbiyot fanlari sohasida himoya qilingan dissertatsion tadqiqot natijalari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, jumladan, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Umarbek O‘ZBEKOV