O‘zbekistonda Rossiyaning yana oltita universiteti filiali ochiladi
Oliy ta’lim
28 / 05 / 2020
O‘zbekistonda shu kunlarda Rossiya universitetlarining 6 ta filiali ochiladi, deb xabar berdi O‘zbekiston va Rossiya universitetlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Rossiya rektorlari uyushmasi raisi, Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy.
Moskva davlat universitetida onlayn shaklida o‘tgan forumda ikki mamlakatning 120 ortiq universitetlaridan vakillar ishtirok etdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya universitetlarining 10 ta filiali faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasida ilm-fan yo‘nalishida universitetlararo 115 dan ortiq hamkorlik mavjud.
Rossiyaning universitetlarining O‘zbekistondagi filiallarida uch mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.