Abituriyentlar hujjatlarni onlayn topshirishlari mumkin bo‘ladi
Oliy ta’lim
2 / 06 / 2020
Koronavirus pandemiyasi sharoitida abituriyentlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjat loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligi DXA matbuot xizmati xabar berdi.
Loyihaga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi.