Kattaqo‘rg‘onda 2 ta yangi oliy ta’lim muassasasi ochiladi
Yangi o‘quv yilidan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 2 ta oliy ta’lim muassasasi ochiladi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu hujjat loyihasida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali hamda Toshkent davlat transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filialini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali va Transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali ta’lim faoliyati 2020/2021-o‘quv yilidan boshlanadi.