Abituriyentlarga 5 tagacha yo‘nalishni tanlash huquqi berildi
Oliy ta’lim
13 / 06 / 2020
«2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan 2020/2021-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.
Shuningdek, abituriyentlardan hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinishi belgilandi.
Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.
Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.