Bitiruvchilari davlat idoralarida rahbarlik qilayotgan oliy ta'lim muassasalari reytingi
Rahbar kadrlarning “bilim o‘chog‘i” sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (ushbu OTMni Bosh vazirning 4 o‘rinbosari, 2 vazir va 6 viloyat hokimlari tamomlagan), Toshkent davlat texnika universiteti (4 vazir, Qonunchilik palatasi Spikerining 3 o‘rinbosari, 2 viloyat hokimlari), O‘zbekiston Milliy universiteti (Senat Raisi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat Raisi hamda Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosarlari, Bosh vazir maslahatchisi, Bosh prokuror va 2 vazir)ni aytish mumkin.
Moliya vaziri Timur Ishmetov rezyumesida biryo‘la 3 ta diplomga egaligi haqida ma’lumot bor.
Hukumat va parlament a’zolari orasida Liga plyush universitetlari (AQSh) bitiruvchilari ham bor. Jumladan, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Garvard universitetini, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov esa Yel universitetini tamomlagan.
“Yuksalish” umummilliy harakati