Qabul yakunlandi. 1 484 085 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi
2020-2021-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlandi. Bu haqda DTM xabar berdi.
Ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar barcha hududlarda DTMning rasmiy veb-sayti va Yagona portal orqali, respublikamizning 8 ta tumanida esa DXMlar orqali amalga oshirildi.
Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi. Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 %).
Ta’lim shakli bo‘yicha:
— Kunduzgi ta’lim shakli – 798 608 nafar (53,81 %);
— Sirtqi ta’lim shakli – 648 733 nafar (43,71 %);
— Kechki ta’lim shakli – 36 744 nafar (2,48 %).
Tillar kesimida:
— O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
— Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
— Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 %);
— Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).