Ijodiy imtihoni bor ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha 4tagacha OTMga hujjat topshirish imkoni berildi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni qaroriga muvofiq:
Pandemiya sharoitini inobatga olib, Respublika Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirilganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Bunda, test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari to‘liq test sinovlari orqali amalga oshirilishini inobatga olib, faqat mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga muayyan ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan qo‘shimcha to‘rttagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini 2020-yil 16-avgustga (16-avgust kuni ham) qadar tanlash huquqi berildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan birgalikda test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun operativ tarzda xabar yetkazadi.