Nevada universiteti bilan hamkorlik
2020-yil 17-sentabr kuni Samarqand davlat universitetida yangi tashkil etilgan Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti va AQShning Nevada universiteti (Reno) Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya va tabiiy resurslar fakulteti professor-o‘qituvchilari va olimlari o‘rtasida virtual konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Konferentsiyada fakultetlar o‘rtasida o‘quv, ilmiy va kadrlar almashinuvi sohalarida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Nevada universiteti (Reno) tomonidan fakultet dekani prof. Bill Peyni va shu fakultetning 10 ga yaqin yetakchi olimlari konferentsiyada ishtirok etdi. Yoz navbatida, SamDU tomonidan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor M.G.Nosirov boshchiligida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti kafedra mudirlari va 20 ga yaqin kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Konferentsiyada ikkala fakultet va uning kafedralarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda fakultetdagi o‘quv ishlari va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan konferentsiya ishtirokchilari tanishtirildi. Onlayn konferentsiya ikki tomon professor-o‘qituvchilari va olimlari tomonidan muzokoralarga boy bo‘ldi. Konferentsiyaning birinchi qismida universitetlar o‘rtasida kelgusida amalga oshirilishi muhim bo‘lgan hamkorlik ishlari kelishib olindi.
Konferentsiyaning ikkinchi qismida Samarqand davlat universiteti va Nevada universiteti (Reno) hamkorligida cho‘l-yaylovchiligi yo‘nalishida qo‘lga kiritilgan ilmiy-tadqiqot loyihasi va uni amalga oshirish bosqichlari muhokama qilindi. Mazkur loyiha AQShning Yormon Xizmati vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan.