Sarvar Boboxo‘jayev TATU rektori etib tayinlandi
Oliy ta’lim
9 / 10 / 2020
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Boboxo‘jayev Sarvar Najimovich TATU rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.
Shu vaqtga qadar TATU rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Teshabayev To‘lqin Zakirovich Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlangan.