Pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTMlarga xalq ta’limi sohasi xodimlarining malakasini oshirish huquqi berildi
Oliy ta’lim
9 / 11 / 2020
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. (PF-6108-son, 06.11.2020-y.). Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar beradi.
Farmon bilan, 2021-yil 1-maydan boshlab pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlariga xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning malakasini oshirish huquqi berildi.
OTMlar va NTTlarning pedagog kadrlar malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ushbu maqsadlar uchun Xalq ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida qoplanadi.