Kelasi yil OTMlarga kirishda o‘tkaziladigan imtihonlarda foydalaniladigan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
2020/2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini e’lon qilindi. Bu haqda DTM matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, adabiyotlar ro‘yxati DTMning Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.
Darsliklar ro‘yxatini har bir fan bo‘yicha alohida shaklda tegishli fan va tilni tanlagan holda quyidagi havola ( https://dtm.uz/info/textbooks) orqali yuklab olish mumkin. Darsliklarning elektron formatini esa Xalq ta’limi vazirligining axborot-ta’lim portali( https://eduportal.uz/Eduportal/Barchasi/33) dan yuklab olish imkoniyati mavjud.