“Yil talabasi – 2021” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi” Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Iste’dodli va shijoatli yoshlarni kashf etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladigan mazkur tanlovda joriy yilda 7000 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Shundan OTMlardan jami 427 ta hujjat respublika bosqichiga saralandi.
Tanlovning yakuniy bosqichi Ishchi guruhi a’zolari tomonidan onlayn tarzda o‘tkazildi va Tashkiliy qo‘mitaning yakuniy xulosaga ko‘ra 21 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi:
1-o‘rin – Ma’rufjon Po‘latov, Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi;
2-o‘rin – Nuriddin Qurbonov Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi;
3-o‘rin – Nursulton Shayxislomov, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi:
1-o‘rin – Abdurauf Abdurashidov, Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi;
2-o‘rin – Madina Qaxxarova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
3-o‘rin – Islombek Raxmonberdiyev, Farg‘ona politexnika instituti talabasi.