Toshkentda Prezident universiteti tashkil etiladi
Oliy ta’lim
19 / 02 / 2021
Namanganda xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davomida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Prezident universiteti tashkil etilishi haqida ham fikr bildirdi, deb xabar berdi O‘zA.
– Endi Prezident maktablari bilan birga Prezident universiteti ham bo‘ladi. Bu yerda ta’lim olganlar boshqa yurtlarga o‘qish emas, dars berish uchun boradi. Kelgusi haftada bu loyihaning tamal toshini qo‘yamiz. Eng nufuzli oliygohlarda dars beradigan o‘qituvchilarni qancha qimmat bo‘lmasin olib kelamiz. Pulimiz qaytadi. Lekin mening farzandlarim musofir bo‘lmaydi. Shu sababli bu oliygohni qurishga ahd qildik. Qurganda ham Oksford yoki Amerika universitetlaridan qolishmaydigan qilib barpo etamiz.