Toshkentda yangi Amaliy fanlar universiteti tashkil etiladi
Oliy ta’lim
23 / 02 / 2021
Yangi o‘quv yilida Toshkentda yana bir nodavlat universitet ish boshlashi kutilmoqda. Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Tashkil etilishi ko‘zda tutilgan Toshkent amaliy fanlar universitetida dastlabki bosqichda “Biznes axborot tizimlari”, “Biznes boshqaruvi”, “Axborot xavfsizligi” hamda “Elektron tijorat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi.
Universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi va kechki) hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.
O‘qish to‘lov-kontrakt asosida asosida olib boriladi. Homiylar va ish beruvchilar tomonidan ta’lim grantlari ajratilishi mumkin.