Qarshi davlat universiteti huzurida ham Pedagogika instituti tashkil etildi
Hukumatning 2021-yil 16-martdagi 141-son qarori bilan Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yangi institut Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali hamda Qarshi davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida tashkil etildi.
Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi.
2021/2022-o‘quv yilidan boshlab QarDUda pedagogika ta’lim sohasida bakalavriat va magistraturaga qabul to‘xtatiladi. Hozirda ushbu yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalar o‘qishni QarDUda tugatadi.
Institutga qabul kvotasi har yili respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.